Bugun
6
O'zbek

«Siti» vaziyatdan foydalanib qolmoqchi — klub Vinisius transferiga jiddiy qiziqmoqda

Futbol
8 may, 10:39
«Shaharliklar» Madridning «Real» klubi yulduzini o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
Омонжон Тўхтамирзаев
Omonjon To‘xtamirzayev Editor
«Siti» vaziyatdan foydalanib qolmoqchi — klub Vinisius transferiga jiddiy qiziqmoqda
Foto: Getty Images

«Manchester Siti» Madridning «Real» jamoasi braziliyalik futbolchisi Vinisius Juniorni yozda imzolash imkoniyatini jiddiy ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda ESPN TEAMtalk’ga tayanib xabar bermoqda.

Avvalroq ommaviy axborot vositalarida, agar braziliyalik futbolchi shartnomasini uzaytirishga rozi bo‘lmasa, yozda sotib yuborilishi mumkinligi haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgandi.

Eslatib o‘tamiz, uning amaldagi bitimi yakunlanishiga deyarli 1-yil vaqt qolgan.

«Shaharliklar» yangi mavsum uchun rejalar tuzishni boshlab yuborgan va tarkibni kuchaytirishni maqsad qilgan. Klub shu yo‘l bilan raqobatbardoshligini saqlab qolish niyatida. Manchesterliklar Vinisiusni Madridni tark etishga undash maqsadida qadam qo‘yish haqida o‘ylamoqda.

Ma’lumot uchun, ushbu mavsum Vinisius Junior 50 ta o‘yinda 21 ta gol urdi va 14 ta golli pas yetkazib berdi.

Transfermarkt portali uning aktual transfer narxini 150 million yevroga baholamoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
  • Manchester Siti Manchester Siti
Bugungi yangiliklar