Live
2
O'zbek

Simeone Alvares haqida: «Hali ham jamoani uning atrofida qurish haqida o‘ylayapmiz»

Futbol
18 avgust, 23:02
«Atletiko» bosh murabbiyi Xulian Alvares klub uchun muhim futbolchi bo‘lib qolayotganini ta’kidladi.
Simeone Alvares haqida: «Hali ham jamoani uning atrofida qurish haqida o‘ylayapmiz»
Foto: Getty Images

«Atletiko» bosh murabbiyi Diyego Simeone argentinalik hujumchi Xulian Alvaresdan jamoada qanday foydalanmoqchi ekanini aytdi.

«Biz hali ham jamoani uning atrofida qurish haqida o‘ylayapmiz. U klubga kelganidan beri jamoaga juda ko‘p narsa berdi», — dedi Simeone o‘yinoldi matbuot anjumanida.

Alvaresning «Atletiko»dan ketishi haqidagi mish-mishlar davom etmoqda. Biroq Madrid klubi futbolchini saqlab qolish borasida qat’iy pozitsiyada. Simeonening so‘zlariga ko‘ra, argentinalik hujumchi ayni paytda yetarlicha yaxshi jismoniy holatda emas va La Liganing 1-turida «Malaga»ga qarshi bahsda maydonga tushmaydi.

Eslatib o‘tamiz, Xulian Alvares 2024 yil yozida «Manchester Siti»dan «Atletiko»ga 75 million yevro hamda 20 million yevro bonuslar evaziga o‘tgan.

Ma’lumot uchun, Alvaresning «Atletiko» bilan shartnomasi 2030 yil yozigacha amal qiladi. U o‘tgan mavsumda 49 ta uchrashuvda 20 ta gol urib, 9 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Atletico Madrid Atletico Madrid
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

10+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar