Bugun
39
O'zbek

Saidazamat Mirsaidov: «Dinamo» — «chaqilmas yong‘oq»

Futbol
17 sentabr, 04:40
«Navbahor» — «Dinamo» o‘yini arafasida «lochinlar» himoyachisi bahs haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
Saidazamat Mirsaidov: «Dinamo» — «chaqilmas yong‘oq»
Foto: PFC Navbahor
17.09.2026, 09:00 O‘zbekiston Superligasi Navbahor Namangan Navbahor Namangan - : - Dinamo Samarqand Dinamo Samarqand

O‘zbekiston Superligasining 22-turidan o‘rin olgan «Navbahor» — «Dinamo» uchrashuvi arafasida «lochinlar»ning 25 yoshli himoyachisi Saidazamat Mirsaidov bellashuv haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Bo‘lajak raqib borasida to‘xtaladigan bo‘lsam, «Dinamo» «chaqilmas yong‘oq» bo‘lgan jamoalardan biri.

Klubni mamlakatimizning taniqli hamda tajribali mutaxassislaridan biri bo‘lgan Vadim Karlenovich Abramov boshqarmoqda va uning boshqaruvida samarqandliklar bu mavsumda yaxshi natijalarni qayd etishmoqda.

Shu bois, payshanba oqshomida o‘tkaziladigan o‘yinda ham «arslonlar» jamoamizga munosib qarshilik ko‘rsatishga intilishadi hamda bo‘lajak bellashuvning keskin kurashlar ostida o‘tishi ehtimoli yuqori.

«Dinamo» bilan bo‘ladigan o‘yinda maydonga g‘alaba ishtiyoqida tushib, raqibni mag‘lubiyatga uchratish, muxlislarning ishonchlarini oqlashga intilamiz.

Faqat bo‘lajak bellashuvda ham ishqibozlar stadionni to‘ldirgan holda jamoamizni munosib tarzda qo‘llab-quvvatlab, g‘alabamizga madadkor bo‘lishadi degan umiddaman», — dedi Mirsaidov.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Navbahor Namangan Navbahor Namangan
  • Dinamo Samarqand Dinamo Samarqand
  • O‘zbekiston Superligasi O‘zbekiston Superligasi
Bugungi yangiliklar