Oktabr oyi boshida Mirabror Usmonov xotirasiga bag‘ishlangan an’anaviy xalqaro turnir tashkil etiladi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.
«Shu yilning 2-6 oktabr kunlari Mirabror Usmonov xotirasiga bag‘ishlangan an’anaviy xalqaro turnir tashkil etiladi. Unda 20 yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston, Saudiya Arabistoni, Armaniston va Rossiya milliy jamoalari o‘zaro bahs olib borishadi», — deyiladi xabarda.
Ma’lumot o‘rnida, 2025 yilda tashkil etilgan Mirabror Usmonov xotira turnirida ilk bor mezbon O‘zbekiston jamoasi g‘alaba qozona olmagandi.

Foto: O‘FA
Telegram’da birinchi bo‘lib fikr bildiring
Muhokamaga o‘tishIzohlar Telegram’da ochiladi