Qatorasiga to'rtinchi yil tashkil etilgan Mirabror Usmonov xotira turnirida ilk bor mezbon — O‘zbekiston jamoasi g‘alaba qozona olmadi.
Turnir 2022 yildan beri o‘tkazib kelinadi. Dastlabki musobaqada U-16 yosh toifasida 4 ta jamoa ishtirok etgan va yakunda o‘zbekistonlik o‘smirlar g‘olib bo‘lishgan. Mezbonlardan tashqari Yaponiya, Eron va Tojikiston U-16 jamoalari ham ishtirok etgan.
2023 yilda esa U-15 jamoalari qatnashishdi. Unda O‘zbekiston yoshlarining Saudiya Arabistoni, BAA va Chernogoriyadan ustun kelib, chempion bo‘lishdi.
2024 yilgi turnir futzalga ko‘chdi va O‘zbekiston milliy jamoasi g‘alabani qo‘lga kiritdi. Musobaqada Gvatemala, Tojikiston va Qirg‘iziston futzal milliy jamoalari ham ishtirok etdi.
2025 yilga kelib an'ana buzildi va U-23 yosh toifasida o‘tgan bahslarda Yaponiya mezbonlardan ustun kelib, chempionga aylandi.