Kecha «Paxtakor» U19 jamoasi O‘zbekiston yoshlar chempionati doirasida «Kattaqo‘rg‘on»ga qarshi bahsda maydonga tushdi.
Ushbu bellashuvda turkmanistonlik Arslan Vepayev «Paxtakor» U19 safida debyut qildi. Turkmaniston U20 milliy jamoasi a’zosi 46-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi.
Vepayev bahs yakuniga qadar 2 ta gol urib, yana bir golga assistentlik qildi. Shu tariqa futbolchi «Paxtakor» U19 safidagi ilk bahsidayoq uchta golli harakatga mualliflik qildi.
