Live
2
O'zbek

Ro'ziqul Berdiyev: "Andijon"dagi o'yin o'zgarishi va o'yinchilarning yuqori darajasi sabab ikkinchi raqamda o'ynadik"

Futbol
21 may, 16:25
"Nasaf" bosh murabbiyi Andijondagi durangdan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
Ro'ziqul Berdiyev: "Andijon"dagi o'yin o'zgarishi va o'yinchilarning yuqori darajasi sabab ikkinchi raqamda o'ynadik"
Foto: FC Andijon
21.05.2026 FT Oʻzbekiston Kubogi Andijon Andijon 1 : 1 Nasaf Qarshi Nasaf Qarshi

O'zbekiston kubogi 2-turidan o'rin olgan "Andijon" – "Nasaf" (1:1) bahsidan keyingi matbuot anjumanining dastlabki qismida mehmonlar bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiyev qatnashdi.

— Bu gapni har doim aytamiz: Andijondagi stadionda ajoyib muhit yaratiladi. O'yinga keladigan bo'lsak, albatta, ikkala jamoa ham birinchi o'rinni olib keyingi bosqichga chiqishni istaydi. Shuning uchun bugungi uchrashuvda kurash ham bo'ldi, futbolchilarda ishtiyoqlik borligi ham ko'rinib turdi. Yigitlarimiz tushungan holda maydonga chiqishdi. Chunki "Andijon" jamoasining o'yinida o'zgarish borligi va tarkibida mahorati, darajasi yuqori o'yinchilarga ega ekanligini hisobga olib, ikkinchi raqamda o'ynadik, ko'proq himoyalandik. Bir-ikkita vaziyatlarni hisobga olmaganda, himoyada yaxshi harakat qildik. Iroda ko'rsatib, g'alabani ham olib ketishimiz mumkin edi. Gol urgandan keyin bizda ozgina tashabbus bor edi. Shunga qaramasdan durang bo'ldi. O'ylaymanki, o'yinga mos bo'ldi.

— "Nasaf" jamoasi gol urgandan keyin qandaydir durangni ushlab qolish uchun harakat qilgandek ko'rindi.

— To'g'ri, ta'kidlandingiz, bu rost. Chunki tarkibimiz va holatimiz bilan "Andijon" jamoasining qanchalik kuchligini bilardik. Ularda mahoratli futbolchilar borligi uchun ikkinchi bo'limda bizni durang ham qoniqtirgan holda harakat qildik. Ikkinchi bo'limda o'yinning boshidan joylashuvimizga o'zgartirish kiritdik. Bu "Andijon" jamoasi uchun noqulaylik tug'dirdi. Shundan keyin gol urdik va yana vaziyatlar yaratdik. Shunga qaramasdan, "Andijon" ko'proq hujum qilib, ko'proq vaziyatlar yaratgandir, ammo darvozabon va himoyachilarimiz yaxshi harakat qilishdi.

— Jamoa legioneri Sokari nima uchun maydonga tushirilmayapti?

— O'tgan yili kelib, bizda jarohat oldi va oyog'i operatsiya qilingan. To'liq tiklanib bo'lgani yo'q. Biz unga yangi shartnoma bermasligimizni o'zi ham biladi. Shuning uchun o'yinga tushganda ham o'zini ayayotgani uchun uni maydonga kam tushiryapmiz. Uni ham tushunish mumkin, chunki yana jarohat olib qolsa, hech kimga kerak bo'lmay qolishi mumkin. Maqsadimiz — yoshlarga ko'proq imkoniyat berish. Ko'rdinglar, zaxiramiz bugun faqat yoshlardan iborat edi. Tajribasini oshirib borishsa, bu jamoamizning yutug'i bo'ladi, — deya Berdiyevning so'zlarini keltiradi "Andijon" matbuot xizmati.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Andijon Andijon
  • Nasaf Qarshi Nasaf Qarshi
  • Oʻzbekiston Kubogi Oʻzbekiston Kubogi
Bugungi yangiliklar