O'zbekiston kubogida H guruhida 2-tur bahslari bo'lib o'tdi.
Markaziy o'yinda "Andijon" (4) o'z maydonida "Nasaf" (4) bilan durang qayd etdi.
Guruhning ikkinchi bahsida "Sho'rtan" (3) "Havoqand"dan (0) yirik hisobda ustun keldi.
So'nggi turda 26 may kuni "Nasaf" "Sho'rtan"ni, "Havoqand" "Andijon"ni qabul qiladi.
O'zbekiston kubogi
N guruhi. 2-tur. 21 may
Andijon — Nasaf 1:1
Gollar: Martin Boake (25) — Bobur Abduxoliqov (56).
Andijon — Eldor Adhamov, Odil Abdumajidov, Aleksandre Androkinashvili, Dragan Cheran (Humoyunmirzo Iminov), Nemanya Chalasani, Aziz Turg'unboyev (Imeda Ashortia), Usmonali Ismonaliyev, Muhammadkarim Toirov, Martin Boake (Po'latxo'ja Xoldorxonov), Bekzod Sulaymonov (Doniyor Abdumannopov), Mahmud Mahamadjonov.
Nasaf — Samandar Muratbayev, Akram Komilov, G'olib G'aybullayev, Zafarmurod Abdurahmatov, Bobur Abduxoliqov (Davron Usmonov), Sharof Muhiddinov, Oybek Rustamov, Murod Rahmatov (Kingsli Sokari), Yusuf Otubanjo, Diyor Abdunazarov, Dilshod Murtozayev.
Havoqand — Sho'rtan 1:4
Gollar: Abubakrsiddiq Toshtemirov (90+2) — Mirjalol Jumayev (40), Daniel Nasriddinov (77), Olavale Tehe (79), Diyor Asomiddinov (85).