«Real» vingeri Vinisius Junior klub bilan kelasi yozda yakuniga yetadigan shartnomasini uzaytirish bo'yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda jurnalist Ramon Alvares xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, yangi shartnoma 2031 yilgacha amal qiladi. Bungacha Vinisiusga Londinning «Arsenal» klubi qiziqish bildirmoqda, degan xabarlar bor edi.
Unda aytilishicha, agar «Real» futbolchi bilan yangi shartnoma borasida kelisha olmaganida, «to'pchilar» «qaymoqranglilar»ga rasmiy taklif bilan chiqishga tayyor edi.
Ma'lumot o'rnida, Vinisius 2018 yil yozidan buyon «Real» sharafini himoya qilib kelmoqda. U Madrid klubiga Braziliyaning «Flamengo» jamoasidan 45 million yevro evaziga ko'chib o'tgan.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi