«Atletiko» hujumchisi Xulian Alvares «Real»ning transfer maqsadlari ro‘yxatidan joy oldi. Bu haqda Sky Sport Germany jurnalisti Patrik Berger xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, Madridning «Real» klubi 26 yoshli argentinalik futbolchini yuqori baholamoqda va uning transferi variantini ko‘rib chiqmoqda.
Qayd etilishicha, «Atletiko» Alvaresni sotish masalasini faqat 150 million yevro atrofidagi taklif tushgan taqdirdagina ko‘rib chiqishga tayyor.
Avvalroq hujumchi bilan «Barselona», «PSJ» va «Arsenal» ham qiziqayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Eslatib o'tamiz, o‘tgan mavsumda Alvares barcha musobaqalarda 49 ta bahsda maydonga tushib, 20 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Ma’lumot uchun, Alvaresning Madrid klubi bilan shartnomasi 2030 yilning yoziga qadar amal qiladi. Transfermarkt portali uni 100 million yevroga baholagan.