Live
4
O'zbek

Rasman: Otabek Jo‘raqo‘ziyev – «Qizilqum» futbolchisi

Futbol
23 iyul, 07:46
24 yoshli hujumchi mavsum oxirigacha mo‘ljallangan shartnoma imzoladi.
Rasman: Otabek Jo‘raqo‘ziyev – «Qizilqum» futbolchisi
Foto: Getty Images

«Qizilqum» hujumchi Otabek Jo‘raqo‘ziyevni o‘z safiga qo‘shib olganini rasman e'lon qildi.

24 yoshli futbolchi ushbu mavsumning ilk qismini Jizzaxning «So‘g‘diyona» klubida o‘tkazgan edi. Endilikda u mavsum yakuniga qadar Navoiy jamoasi sharafini himoya qiladi.

Jo‘raqo‘ziyev 2026 yilgi mavsumda «So‘g‘diyona» safida 511 daqiqa maydonda harakat qilib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Shuningdek, hujumchi faoliyati davomida O‘zbekiston kubogi g‘olibiga aylangan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Qizilqum Qizilqum
Bugungi yangiliklar