Bugun
9
O'zbek

Rafinya: «Neymar — Braziliyaga oltinchi jahon chempionligini olib kelishga yordam bera oladigan futbolchi»

Futbol
1 may, 23:30
«Barsa» vingeri Neymar bo'lajak mundial uchun tarkibga kirsa, bundan xursand bo'lishini aytdi.
Zoirov Shohrux
Shohrux Zoirov Editor
Rafinya: «Neymar — Braziliyaga oltinchi jahon chempionligini olib kelishga yordam bera oladigan futbolchi»
Foto: Getty Images

«Barselona» vingeri Rafinya Braziliya milliy jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Neymarnı bo'lajak jahon chempionati uchun tarkibga kiritsa, bundan xursand bo'lishini aytdi.

«Men uchun Neymar — Braziliyaga oltinchi jahon chempionligini olib kelishga yordam bera oladigan futbolchi. Uning mamlakat futboli uchun naqadar muhim figura ekanini tushunish kerak.

U bir paytlar meni milliy jamoada xuddi umr bo'yi taniy digandek qarshi olgan. Uning yordamida men o'zimga bo'lgan ishonchimni oshirdim va o'z o'yinimni namoyish eta boshladim», — deya Rafinyaning so'zlarini keltiradi Brasil Football.

Ma'lumot o'rnida, 34 yoshli «Santos» futbolchisi 2023 yildan beri milliy jamoadа o'ynamayapti. Biroq u 2026 yildagi mundialda ishtirok etishni istamoqda va bu haqda bir necha bor bayonot bergan.

Eslatib o'tamiz, braziliyaliklar so'nggi bor 2002 yilda jahon chempionligini qo'lga kiritgan. Shunga qaramay, ular hanuzgacha eng ko'p g'olib bo'lgan jamoa sifatida rekordni saqlab kelmoqda.

Avvalroq «Santos» rasmiylari mashg'ulotga kelmagan Neymar bilan bog'lana olmayotgani ma'lum qilingan edi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Braziliya Braziliya
  • Barselona Barselona
  • Santos FC Santos FC
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar