«Santos» vingeri Neymar jamoasining rejalashtirilgan mashg'ulotini o'tkazib yuborgani klub ichida xavotirlarga sabab bo'ldi. Bu haqda ESPN xabar berdi.
Braziliyalik futbolchi «Baiya»ga qarshi liga o'yiniga bormay qolgan futbolchilar bilan birga CT Rei Pelé bazasida mashg'ulotda ishtirok etishi kutilgan edi, ammo u oldindan ogohlantirmasdan qarorgohga kelmagan.
Shundan so'ng «Santos» klubi Neymar va uning vakillari bilan bog'lanib, futbolchining yo'qligi sababini aniqlashga harakat qildi, ammo hozircha hech qanday izoh berilmagan.
Klub rasmiylari hamon tushuntirish kutmoqda. Shu bilan birga hozircha har ikki tomondan ham rasmiy bayonot e'lon qilingani yo'q.
Ushbu mashg'ulot CONMEBOL Sudamericana turniri doirasida «San-Lorenso»ga qarshi bo'lajak bellashuvga tayyorgarlikning bir qismi edi. Avvalroq «Santos» Neymar uchun maxsus reja tuzgani ma'lum qilingandi.