Bugun
11
O'zbek

«PSJ» Suzuki transferiga yaqin, darvozabon darhol «Yuventus»ga ijaraga berilishi mumkin

Futbol
4 avgust, 23:00
Parij klubi yaponiyalik posbonni sotib olib, uni A Seriyaga yuborishni rejalashtirmoqda.
«PSJ» Suzuki transferiga yaqin, darvozabon darhol «Yuventus»ga ijaraga berilishi mumkin
Foto: Getty Images

«Pari Sen-Jermen» «Parma» darvozaboni Zion Suzukini o‘z safiga qo‘shib olish arafasida turibdi.

Insayder Nikolo Skiraning xabariga ko‘ra, Fransiya chempioni transferni yakunlashga juda yaqin. Biroq bosh murabbiy Luis Enrikening 23 yoshli darvozabon bo‘yicha aniq rejalari yo‘q.

Shu sababli Suzuki transferi rasman yakunlangach, u darhol ijara asosida «Yuventus»ga yo‘l olishi mumkin. Manbaga ko‘ra, Turin klubi bilan muzokaralar allaqachon boshlangan.

Ma’lumot uchun, avvalroq OAV «PSJ» Zion Suzuki transferi uchun «Parma»ga 33 million yevro to‘lashi haqida xabar bergan edi. Yaponiyalik posbonning o‘zi ham amaldagi Yevropa Chempionlar ligasi g‘oliblari safiga qo‘shilishni istamoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain
  • Yuventus Yuventus
  • Parma Parma
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

5 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar