Olmaliqning OKMK klubi safarda «Qo‘qon-1912»ni 3:2 hisobida mag‘lub etdi.
Hisobni 12-daqiqada mezbonlar safida Javohir Sidiqov ochdi. Birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarda Giorgi Papava muvozanatni tikladi.
Ikkinchi bo‘lim boshida Urosh Koyich OKMKni oldinga olib chiqdi. Oradan ko‘p o‘tmay Andro Giorgadze yana hisobni tenglashtirdi.
Bahsdagi g‘alaba goliga esa 66-daqiqada Hazrat Tursunqulov mualliflik qildi.
Guruhning ikkinchi uchrashuvida esa «Metallurg» o‘z maydonida «Orol»dan 2:1 hisobida ustun keldi.
Ushbu natijalardan so‘ng OKMK va «Metallurg» 4 ochkodan jamg‘ardi. «Qo‘qon-1912» hisobida 3 ochko mavjud. «Orol» esa ochkosiz qolmoqda.
Shu tariqa, pley-off yo‘llanmasi taqdiri so‘nggi turda hal bo‘ladigan bo‘ldi. «Orol» esa muddatidan avval turnir bilan xayrlashdi.
O‘zbekiston kubogi. A guruhi, 2-tur
Qo‘qon-1912 – OKMK 2:3
Gollar: Javohir Sidiqov 12, Andro Giorgadze 61 — Giorgi Papava 45+2, Urosh Koyich 51, Hazrat Tursunqulov 66.
Qo‘qon-1912: Rustam Nartadjiev, Alisher Salimov, Javohir Sidiqov, Shota Gvazava, Shohrux Gadoyev, Silvanus Nimeli, Shahzod Akramov, Iqbol Malikjonov, G‘ulom-Haydar Gulyamov, Andro Giorgadze, Muhammadanas Hasanov.
OKMK: Javohir Ilyosov, Shahzod Toirov, Mirjamol Qosimov, Giorgi Papava, Dilshod Ahmadaliyev, Aziz Xolmurodov, Asadbek Sobirjonov, Ahmadullo Muqimjonov, Urosh Koyich, Abror Karimov, Siavash Haqnazari.