Bugun
17
O'zbek

Olise assistlar bo‘yicha Fernandeshni ortda qoldirdi

Futbol
27 may, 06:07
«Bavariya» vingeri har 90 daqiqadagi samaradorlikda eng yaxshiga aylandi.
Olise assistlar bo‘yicha Fernandeshni ortda qoldirdi
Foto: Getty Images

«Bavariya» futbolchisi Maykl Olise 2025/26-yilgi mavsumda har 90 daqiqadagi assistlar soni bo‘yicha «Manchester Yunayted» yarimhimoyachisi Brunu Fernandeshni ortda qoldirdi.

Fransiyalik vinger Bundesligada har 90 daqiqada o‘rtacha 0,74 ta assist amalga oshirdi.

Olise mavsum davomida 32 ta uchrashuvda maydonga tushib, jami 19 ta golli uzatma muallifiga aylandi.

Brunu Fernandesh esa APL tarixidagi assist rekordini yangilaganiga qaramay, bu ko‘rsatkich bo‘yicha ortda qoldi. Portugaliyalik futbolchi 35 ta o‘yinda 21 ta assist qayd etib, har 90 daqiqada o‘rtacha 0,62 natija ko‘rsatdi.

2025/26-yilgi mavsumning top-5 Yevropa ligalaridagi eng yaxshi assistentlari:

1. Brunu Fernandesh («Manchester Yunayted») — 21 assist, 35 o‘yin, 0,62.

2. Maykl Olise («Bavariya») — 19 assist, 32 o‘yin, 0,74.

3. Federiko Dimarko («Inter») — 16 assist, 35 o‘yin, 0,53.

4. Yulian Ryurson («Borussiya Dortmund») — 15 assist, 31 o‘yin, 0,60.

5. Luis Dias («Bavariya») — 14 assist, 32 o‘yin, 0,51.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Bavariya Bavariya
  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
  • Borussiya D Borussiya D
  • Inter Inter
Bugungi yangiliklar