Bugun
1
O'zbek

Nolito Messini qanday toʻxtatish mumkinligi borasida hazil qildi

Futbol
19 iyul, 14:15
«Barsa»ning ispan sobiq futbolchisi JCH finali oldidan argentinaliklar yetakchisini eʼtirof etdi.
Nolito Messini qanday toʻxtatish mumkinligi borasida hazil qildi
Foto: Getty Images
19.07.2026 AET Jahon chempionati (JCH-2026) Ispaniya Ispaniya 1 : 0 Argentina Argentina

«Barselona» klubi va Ispaniya milliy jamoasining sobiq futbolchisi Nolito Argentina hujumchisi Lionel Messini qanday toʻxtatish mumkinligi borasida hazil qildi.

Bugun, 19 iyul kuni, Ispaniya 2026 yildagi Jahon chempionati finalida Argentinaga qarshi maydonga tushadi. Bellashuv AQShning Ist-Raterford shahridagi «Metlayf» stadionida boʻlib oʻtadi. Bosh hakam sifatida sloveniya'lik Slavko Vinchich ishlaydi.

«Leoga nisbatan hurmatim baland, ammo uni qanday toʻxtatish mumkin? Faqat bir necha soat taʼsir qiladigan ikki dona «uxlatuvchi» drotik bilan. Biri chap oyogʻiga, ikkinchisi oʻng oyogʻiga. Boshqa yoʻli yoʻq. Messini toʻxtatish juda qiyin. Deyarli imkonsiz, chunki uning kuchli jihatlari juda koʻp.

Rostini aytsam, Messining oʻyinini tomosha qilish — har bir muxlis uchun haqiqiy zavq. Shuning uchun u maydonda ekan, uning oʻyinlaridan bahra olishimiz kerak. Leoning hali uzoq yillar davomida toʻp tepishiga umid qilaman»,
— deya Nolitoning soʻzlarini keltiradi Tribal Football.

Messi
Foto: Getty Images

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Ispaniya Ispaniya
  • Argentina Argentina
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar