Bugun
17
O'zbek

Nemis klubi «Real»ning 19 yoshli himoyachisi transferi ustida ish boshladi

Futbol
29 aprel, 08:08
Madrid klubi yosh futbolchisi faoliyatini Germaniyada davom ettirishi mumkin.
Nemis klubi «Real»ning 19 yoshli himoyachisi transferi ustida ish boshladi
Foto: Gettyimages

Markaziy himoyachi pozitsiyasida o‘ynayotgan Madridning «Real» jamoasi yosh futbolchisi Viktor Valdepeniyas yozgi transfer oynasi vaqtida klubini o‘zgartirishi mumkin.

Bu haqda Diario AS ma’lumot bermoqda.

Manbaga ko‘ra, 19 yoshli ispaniyalik Frankfurtning «Ayntraxt» klubi transfer maqsadiga aylangan. Nemis klubi rahbariyati ushbu masalaga jiddiy tarzda kirishgan – muzokaralar ijobiy ruhda o‘tmoqda.

Valdepeniyas «qaymoqranglilar»ning asosiy jamoasi safida 2025 yil dekabr oyida debyut qilgandi. «Alaves»ga qarshi o‘sha debyut o‘yini asosiy jamoa libosidagi yagona bahs bo‘lib turibdi.

Transfermarkt portali «Real» tarbiyalanuvchisining aktual transfer narxini 5 million yevroga baholamoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
  • Ayntraxt Ayntraxt
Bugungi yangiliklar