Live
2
O'zbek

Muxlislarga buyum uloqtirgan Jo‘rabekov va hakamni haqorat qilgan Eshmurodov 2 o‘yinga chetlatildi — Tartib-intizom qo‘mitasi

Eksklyuziv
3 may, 00:00
Tartib-intizom qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Zoirov Shohrux
Shohrux Zoirov Editor
Muxlislarga buyum uloqtirgan Jo‘rabekov va hakamni haqorat qilgan Eshmurodov 2 o‘yinga chetlatildi — Tartib-intizom qo‘mitasi
Foto: FC Nasaf

Shu yilning 24 aprel sanasida O‘zPFL qoshidagi Tartib-intizom qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Liga matbuot xizmati xabar berdi.

Unda ushbu sanagacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida O‘zbekiston Superligasi, U-21 chempionati, Proliga hamda Birinchi liga uchrashuvlarida ishtirokchilar tomonidan yo‘l qo‘yilgan qoidabuzarliklar yuzasidan qaror chiqarildi.

Superliga.
Nasaf — Buxoro

Superliga 7-turi doirasidagi «Nasaf» – «Buxoro» uchrashuvi hakamidan bildirgilar kelib tushgan. Unga ko‘ra, uchrashuvning 78-daqiqasida «Nasaf» klubi futbolchisi Umrbek Eshmurodov hakamni nomaqbul so‘zlar bilan haqorat qilgani uchun qizil kartochka ko‘rsatilgani aniqlandi.

Qaror: O‘zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 62-moddasiga asosan «Nasaf» klubi futbolchisi Umrbek Eshmurodovga nisbatan 2 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) hamda jarima intizomiy choralar qo‘llanilsin.

Superliganing 7-turi doirasidagi «Nasaf» – «Buxoro» uchrashuvi hakamidan bildirgilar kelib tushgan. Unga ko‘ra, uchrashuvning 90+7-daqiqasida «Nasaf» klubi futbolchisi G‘olib G‘aybullayev o‘yin vaqtini sun’iy ravishda cho‘zganligi uchun unga sariq kartochka ko‘rsatilgani aniqlandi.

Qaror: O‘zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan «Nasaf» klubi futbolchisi G‘olib G‘aybullayevga nisbatan 2.000.000 (ikki million) so‘m miqdorida jarima intizomiy jazo chorasi qo‘llansin.

Surxon — Qizilqum

Superliga 8-turi doirasidagi «Surxon» – «Qizilqum» uchrashuvi hakamidan bildirgilar kelib tushgan. Unga ko‘ra, uchrashuv davomida «Surxon» klubi futbolchilari va rasmiy shaxslaridan olti nafariga sariq kartochka ko‘rsatilgani aniqlandi. Mazkur holat «Surxon» klubi vakillarining jamoaviy nomaqbul hulq-atvori sifatida qayd etildi.

Qaror: O‘zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 66-moddasiga asosan «Surxon» klubiga nisbatan jarima intizomiy chorasi qo‘llanilsin.

Superliga 8-turi doirasidagi «Surxon» – «Qizilqum» uchrashuvi komissaridan bildirgilar kelib tushgan. Unga ko‘ra, uchrashuvdan so‘ng «Surxon» stadionining CIP sektoridagi muxlislar mehmon jamoa zaxira o‘rindig‘iga qarata turli buyumlar, xususan, elim idishlar uloqtirilgani, otilgan predmetlar maydon va maydon atrofidagi shaxslarga tekkani aniqlandi.

Qaror: O‘zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 79-moddasiga asosan «Surxon» klubiga jarima hamda «Surxon» klubining kelgusi bitta uy uchrashuvida stadionning CIP 1, CIP 2 va CIP 3 sektorlariga tomoshabinlarning kirishiga taqiq qo‘yish intizomiy jazo chorasi qo‘llanilsin.

Superliga 8-turi doirasidagi «Surxon» – «Qizilqum» uchrashuvi hakamidan bildirgilar kelib tushgan. Unga ko‘ra, uchrashuvning 90+3-daqiqasida «Qizilqum» futbol klubi futbolchisi Bobomurod Bozorov o‘yin vaqtini sun’iy ravishda cho‘zganligi uchun unga sariq kartochka ko‘rsatilgani aniqlandi.

Qaror: O‘zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan «Qizilqum» klubi futbolchisi Bobomurod Bozorovga nisbatan jarima intizomiy jazo chorasi qo‘llanilsin.

Buxoro — Paxtakor

Superliga 9-turi doirasidagi «Buxoro» – «Paxtakor» uchrashuvi hakamidan bildirgilar kelib tushgan. Unga ko‘ra, uchrashuvning 90+5-daqiqasida «Buxoro» klubi futbolchisi Shahboz Jo‘rabekov muxlislar tomonidan otilgan jismni qaytarib «Paxtakor» muxlislariga uloqtirgani, ushbu holat muxlislarning noroziligiga sabab bo‘lgani uchun unga qizil kartochka ko‘rsatilgani aniqlandi.

Qaror: O‘zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 62-moddasiga asosan «Buxoro» klubi futbolchisi Shahboz Jo‘rabekovga nisbatan 2 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) hamda jarima intizomiy jazo chorasi qo‘llanilsin.

Superliga 9-turi doirasidagi «Buxoro» – «Paxtakor» uchrashuvi komissaridan bildirgilar kelib tushgan. Unga ko‘ra, uchrashuvning 80-daqiqasidan boshlab «Buxoro» stadionining sektorlaridagi muxlislar maydonga qarata turli buyumlar, xususan, elim idishlar uloqtirgani, otilgan predmetlar maydon va maydon atrofidagi shaxslarga tekkani, shuningdek uchrashuvning 90+5-daqiqasiga kelib «Buxoro» futbolchisi Shahboz Jo‘rabekov yon chiziqdan to‘pni maydonga kirityotgan paytda muxlislar tomonidan uloqtirilgan jismdan birini olib, ushbu muxlislarga qarata otgani kabi holatlar aniqlandi.

Qaror: O‘zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 68 va 79-moddalariga asosan «Buxoro» klubiga jarima hamda «Buxoro» klubining kelgusi bitta uy uchrashuvida stadionning A4 va A5 sektorlariga tomoshabinlarning kirishiga taqiq qo‘yish intizomiy jazo chorasi qo‘llanilsin.

Superliga 9-turi doirasidagi «Buxoro» – «Paxtakor» uchrashuvi komissaridan bildirgilar kelib tushgan. Unga ko‘ra, uchrashuvning 90+5-daqiqasiga kelib «Buxoro» futbolchisi Shahboz Jo‘rabekov yon chiziqdan to‘pni maydonga kirityotgan paytda «Paxtakor» klubi muxlislari tomonidan futbolchiga qarata turli jismlar uloqtirilgani, shuningdek uchrashuv yakunlanganidan so‘ng uchrashuv komissari ogohlantirishiga qaramasdan, «Paxtakor» klubi futbolchilari Superliga Reglamentining 17.7-bandini buzib, maxsus mikst-zonadan harakatlanmasdan stadionni tark etishgani aniqlandi.

Qaror: O‘zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 74 va 79-moddalariga asosan «Paxtakor» klubiga jarima intizomiy jazo chorasi qo‘llanilsin.

Superliga 9-turi doirasidagi «Buxoro» – «Paxtakor» uchrashuvi hakamidan bildirgilar kelib tushgan. Unga ko‘ra, uchrashuvning 20-daqiqasida «Paxtakor» klubi futbolchisi Sanjar Quvvatov o‘yin vaqtini sun’iy ravishda cho‘zganligi uchun unga sariq kartochka ko‘rsatilgani aniqlandi.

Qaror: O‘zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan «Paxtakor» klubi futbolchisi Sanjar Quvvatovga nisbatan jarima intizomiy jazosi qo‘llanilsin.

Dinamo — Lokomotiv

Superliga 7-turi doirasidagi «Dinamo» – «Lokomotiv» uchrashuvi komissaridan bildirgilar kelib tushgan. Unga ko‘ra, uchrashuvdan so‘ng «Dinamo» stadionining VIP sektoridagi muxlislar maydonni tark etayotgan hakamlar guruhiga qarata turli buyumlar, xususan, elim idishlar va suv baklajkalarini uloqtirgani, ushbu buyumlar hakamlarga tekkani, huddi shunday holat 2026 yilning 23 aprel kuni Superliganing 9-turi doirasidagi «Dinamo» – OKMK uchrashuvida ham VIP sektoridagi muxlislar maydonni tark etayotgan hakamlar guruhiga qarata turli buyumlar, xususan, elim idishlar va suv baklajkalari takroran uloqtirilgani aniqlandi.

Qaror: O‘zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 79-moddasiga asosan «Dinamo» klubiga jarima hamda «Dinamo» klubining kelgusi ikkita uy uchrashuvida stadionning CIP 1, CIP 2 va CIP 3 sektorlariga tomoshabinlarning kirishiga taqiq qo‘yish intizomiy jazo chorasi qo‘llanilsin.

Superliga 7-turi doirasidagi «Dinamo» – «Lokomotiv» uchrashuvi hakamidan bildirgilar kelib tushgan, unga ko‘ra uchrashuvning 90+4-daqiqasida «Dinamo» futbol klubi futbolchisi Firdavs Abdurahmonov hakamning qaroriga e’tirozi uchun unga sariq kartochka ko‘rsatilgani aniqlandi.

Qaror: O‘zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan «Dinamo» klubi futbolchisi Firdavs Abdurahmonovga nisbatan jarima intizomiy jazo chorasi qo‘llanilsin.

Superliga 7-turi doirasidagi «Dinamo» – «Lokomotiv» uchrashuvi hakamidan bildirgilar kelib tushgan. Unga ko‘ra, uchrashuvning 25-daqiqasida «Lokomotiv» klubi futbolchisi Suhrob Nurulloyev hakamning qaroriga e’tirozi uchun unga sariq kartochka ko‘rsatilgani aniqlandi.

Qaror: O‘zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan «Lokomotiv» futbol klubi futbolchisi Suhrob Nurulloyevga nisbatan jarima intizomiy jazo chorasi qo‘llanilsin.

Superliganing 7-turi doirasidagi «Dinamo» – «Lokomotiv» uchrashuvi hakamidan bildirgilar kelib tushgan. Unga ko‘ra, uchrashuvning 76-daqiqasida «Lokomotiv» klubi futbolchisi Bilol Tupliev o‘yin vaqtini sun’iy ravishda cho‘zganligi uchun unga sariq kartochka ko‘rsatilgani aniqlandi.

Qaror: O‘zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan «Lokomotiv» klubi futbolchisi Bilol Tuplievga nisbatan jarima intizomiy jazosi qo‘llanilsin.

Andijon — OKMK

Superliga 7-turi doirasidagi «Andijon» – OKMK uchrashuvi hakamidan bildirgilar kelib tushgan. Unga ko‘ra, uchrashuvning 77-daqiqasida «Andijon» klubi futbolchisi Aleksandre Androkinashvili hakamning qaroriga e’tirozi uchun unga sariq kartochka ko‘rsatilgani aniqlandi.

Qaror: O‘zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan «Andijon» klubi futbolchisi Aleksandre Androkinashviliga nisbatan jarima intizomiy jazo chorasi qo‘llanilsin.

Superliga 7-turi doirasidagi «Andijon» – OKMK uchrashuvi hakamidan bildirgilar kelib tushgan. Unga ko‘ra, uchrashuvning 90+1-daqiqasida OKMK klubi futbolchisi Javohir Ilyosov o‘yin vaqtini sun’iy ravishda cho‘zganligi uchun unga sariq kartochka ko‘rsatilgani aniqlandi.

Qaror: O‘zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan OKMK klubi futbolchisi Javohir Ilyosovga nisbatan jarima intizomiy jazo chorasi qo‘llanilsin.

Bunyodkor — Neftchi

Superliga 7-turi doirasidagi «Bunyodkor» – «Neftchi» uchrashuvi hakamidan bildirgilar kelib tushgan. Unga ko‘ra, uchrashuvning 90+3-daqiqasida «Neftchi» klubi futbolchisi Farrux Sayfiyev hakamning qaroriga e’tirozi uchun unga sariq kartochka ko‘rsatilgani aniqlandi.

Qaror: O‘zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan «Neftchi» klubi futbolchisi Farrux Sayfiyevga nisbatan jarima intizomiy jazosi qo‘llanilsin.

Lokomotiv — Navbahor

Superliga 8-turi doirasidagi «Lokomotiv» – «Navbahor lochinlari» uchrashuvi hakamidan bildirgilar kelib tushgan. Unga ko‘ra, uchrashuvning 80-daqiqasida «Navbahor lochinlari» klubi futbolchisi O‘tkiyr Yusupov o‘yin vaqtini sun’iy ravishda cho‘zganligi uchun unga sariq kartochka ko‘rsatilgani aniqlandi.

Qaror: O‘zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan «Navbahor lochinlari» klubi futbolchisi O‘tkiyr Yusupovga nisbatan jarima intizomiy jazo chorasi qo‘llanilsin.

OKMK — Buxoro

Superliga 8-turi doirasidagi OKMK – «Buxoro» uchrashuvi hakamidan bildirgilar kelib tushgan. Unga ko‘ra, uchrashuvning 26-daqiqasida «Buxoro» klubi futbolchisi Umidjon Hamroyev hakamning qaroriga e’tirozi uchun unga sariq kartochka ko‘rsatilgani aniqlandi.

Qaror: O‘zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan «Buxoro» klubi futbolchisi Umidjon Hamroyevga nisbatan jarima intizomiy jazo chorasi qo‘llanilsin.

Surxon — Mash’al

Superliga 9-turi doirasidagi «Surxon» – «Mash’al» uchrashuvi hakamidan bildirgilar kelib tushgan, unga ko‘ra uchrashuvning 88-daqiqasida «Surxon» klubi futbolchisi Kamronbek Yusupov hakamning qaroriga e’tirozi uchun unga sariq kartochka ko‘rsatilgani aniqlandi.

Qaror: O‘zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan «Surxon» klubi futbolchisi Kamronbek Yusupovga nisbatan jarima intizomiy jazo chorasi qo‘llanilsin.

Navbahor — So‘g‘diyona

Superliga 8-turi doirasidagi «Navbahor lochinlari» – «So‘g‘diyona» uchrashuvi hakamidan bildirgilar kelib tushgan. Unga ko‘ra, uchrashuvning 85-daqiqasida «So‘g‘diyona» klubi futbolchisi Javohir Qahramonov o‘yin vaqtini sun’iy ravishda cho‘zganligi uchun unga sariq kartochka ko‘rsatilgani aniqlandi

Qaror: O‘zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan «So‘g‘diyona» klubi futbolchisi Javohir Qahramonovga nisbatan jarima intizomiy jazo chorasi qo‘llanilsin.

Superliga 8-turi doirasidagi «Navbahor lochinlari» – «So‘g‘diyona» uchrashuvi hakamidan bildirgilar kelib tushgan. Unga ko‘ra, uchrashuvning 87-daqiqasida «So‘g‘diyona» klubi futbolchisi Lyupcho Doriev hakamning qaroriga e’tirozi uchun unga sariq kartochka ko‘rsatilgani aniqlandi.

Qaror: O‘zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan «So‘g‘diyona» klubi futbolchisi Lyupcho Dorievga nisbatan jarima intizomiy jazo chorasi qo‘llanilsin.

Dinamo — OKMK

Superliga chempionatining 8-turi doirasidagi «Dinamo» – OKMK uchrashuvi hakamidan bildirgilar kelib tushgan. Unga ko‘ra, uchrashuvning 80-daqiqasida «Dinamo» klubi futbolchisi Firdavs Abdurahmonov o‘yin vaqtini sun’iy ravishda cho‘zganligi uchun unga sariq kartochka ko‘rsatilgani aniqlandi.

Qaror: O‘zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan «Dinamo» klubi futbolchisi Firdavs Abdurahmonovga nisbatan jarima intizomiy jazo chorasi qo‘llanilsin.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • O‘zbekiston Superligasi O‘zbekiston Superligasi
Bugungi yangiliklar