Bugun
1
O'zbek

Messi mundiallar tarixida uchta finalda o‘ynagan ikkinchi futbolchiga aylandi

Futbol
19 iyul, 14:29
Argentina sardori yana bir tarixiy natijani qayd etdi.
Messi mundiallar tarixida uchta finalda o‘ynagan ikkinchi futbolchiga aylandi
Foto: Getty Images
19.07.2026 AET Jahon chempionati (JCH-2026) Ispaniya Ispaniya 1 : 0 Argentina Argentina

Argentina milliy jamoasi sardori Lionel Messi JCh-2026 finalida maydonga tushish orqali jahon chempionatlari tarixidagi yana bir rekordga sherik bo‘ldi.

Opta ma'lumotiga ko‘ra, Messi mundial tarixida uchta finalda maydonga tushgan ikkinchi futbolchi bo‘ldi. U bungacha 2014, 2022 va endilikda 2026 yilgi jahon chempionatlari finallarida ishtirok etmoqda.

Avval bu natijaga faqat Braziliya afsonasi Kafu erishgan. Sobiq himoyachi 1994, 1998 va 2002 yilgi mundial finallarida maydonga tushgan edi.

Bundan tashqari, 39 yoshli Messi jahon chempionati finallari tarixidagi ikkinchi eng yoshi katta futbolchi sifatida ham qayd etildi. Bu boradagi rekord Italiya darvozaboni Dino Zoffga tegishli bo‘lib, u 1982 yilgi finalda 40 yoshida maydonga tushgan.

Eslatib o‘tamiz, JCh-2026 finalida Argentina va Ispaniya milliy jamoalari AQSHning Nyu-Jersi shtatidagi «MetLife» stadionida jahon chempionligi uchun bahs olib bormoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Ispaniya Ispaniya
  • Argentina Argentina
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar