Live
1
O'zbek

Mbappe "Real"ni tark etishi mumkin — manba

Futbol
5 may, 01:00
Kilian endi Vinisius bilan kelisha olmayapti.
Zoirov Shohrux
Shohrux Zoirov Editor
Mbappe "Real"ni tark etishi mumkin — manba
Foto: Getty Images

"Real" hujumchisi Kilian Mbappe klubni tark etishi mumkin. Bu haqda jurnalist Fransua Gallyardo xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, futbolchi ayrim jamoadoshlarining harakatlaridan norozi. Xususan, Mbappe "qaymoqranglilar"ning yana bir yulduzi Vinisius Junior bilan kelisha olmayapti.

Eslatib o‘tamiz, Kilian 2024 yil yozida "Real" safiga kelib qo‘shilgandi. U madridliklar bilan 2029 yil iyun oyigacha mo‘ljallangan shartnoma imzolagan.

Bu mavsum forvard La Ligada 28 ta o‘yin o‘tkazib, 24 ta gol urdi. Avvalroq Mbappe va Bellinghem o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga kelgani ma'lum qilingandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
Bugungi yangiliklar