Live
2
O'zbek

Mbappe va Bellinghem o'rtasida kelishmovchilik yuzaga kelgan

Futbol
26 aprel, 02:25
Aynan Jud Kilianning omadsiz o‘yinlaridan keyin uni tanqid qilgan kam sonli futbolchilardan bo‘lgan.
Zoirov Shohrux
Shohrux Zoirov Editor
Mbappe va Bellinghem o'rtasida kelishmovchilik yuzaga kelgan
Foto: Getty Images

«Real» hujumchisi Kilian Mbappe ayrim jamoadoshlaridan norozi. Bu haqida Madrid Universal nashri xabar berdi.

Fransuz futbolchi jamoadagi vaziyatdan norozi ekanini yashirmayapti. Uning fikricha, ba'zi sheriklari mavsumni «buzib qo'ygan».

Ma'lum bo'lishicha, forvard bu masalada jamoadoshlari bilan shaxsiy suhbatlar ham o'tkazgan. Qayd etilishicha, Jud Bellinghem — Mbappe bilan kelishmovchilik yuzaga kelgan o‘yinchilardan biri. Aynan angliyalik yarimhimoyachi Kilianning omadsiz o‘yinlaridan keyin uni tanqid qilgan kam sonli futbolchilardan bo‘lgan.

Avvalroq Mbappe Mourinioning «Real»ga qaytishi haqidagi postga layk bosgani ma'lum qilingandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
Bugungi yangiliklar