Live
1
O'zbek

«Liverpul» Diomande uchun 100 mln yevro to'lashga tayyor

Futbol
28 aprel, 07:10
Futbolchi mersisaydliklar uchun asosiy variantga aylangan.
Zoirov Shohrux
Shohrux Zoirov Editor
«Liverpul» Diomande uchun 100 mln yevro to'lashga tayyor
Foto: Getty Images

«Liverpul» jamoasining ko'p yillik yetakchisi Muhammad Saloh o'rnini bosadigan futbolchi aniqlab olindi.

Misrlik vinger yozda jamoani tark etadi. Uning o'rnini «Leyptsig» vingeri Yan Diomande egallashi kutilmoqda. Qayd etilishicha, «Liverpul» Diomande uchun 100 million yevro to'lashga tayyor. U mersisaydliklar uchun asosiy variantga aylangan.

Bungacha «qizillar» «Bavariya»dan Maykl Olise va «Nyukasl»dan Entoni Gordon ga ham qiziqish bildirgandi. Biroq myunxenliklar o'z futbolchisini qo'yib yuborishdan bosh tortdi, «qarg'alar» esa Gordon uchun juda yuqori narx belgilagan. Shu bois «Liverpul» Diomande variantida to'xtadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Liverpul Liverpul
  • Leypsig Leypsig
Bugungi yangiliklar