Fransiya chempionatining 26-turidan oʻrin olgan qoldirilgan bahsda "PSJ" oʻz uyida "Nant" darvozasiga javobsiz 3 ta gol urdi. Xvicha Kvaratsxeliya dubl qayd etdi.
Ochkolarini 66 taga yetkazgan Parij klubi 2-oʻrindagi "Lans"ni (62) 4 ochkoga ortda qoldirmoqda. "Nant" 20 ochko bilan 17-pogʻonada.
Liga 1. 26-tur
PSJ — Nant 3:0
22 aprel, "Park de Prens"
Gollar: Kvaratsxeliya (13 penalti, 50), Due (37).
PSJ — Safonov, Hakimi (Ernandes, 60), Markinos, Zabarnıy, Zair-Emeri (Mayulu, 61), Nevesh (Ruis, 60), Beraldo, Fernandes, Due, Kvaratsxeliya (Mbaye, 66), Dembele (Barkola, 67).
Nant — Lopes, Akapandie (Avaziem, 80), Gilber, Yusuf, Kozza, Mashadu, Lepenan (Deuf, 73), Sissoko, Leruks (Tabibu, 65), Ablin (Al Arabi, 80), Muhammad (Ganago, 65).
Ogohlantirishlar: Zair-Emeri (35), Zabarnıy (41), Gilber (46).