Fransiya chempionatining 29-turidan o‘rin olgan so‘nggi uch o‘yin bo‘lib o‘tdi.
"Lion" (51, 5-o‘rin) o‘z maydonida "Loryan"dan (38, 9-o‘rin) ustun kelib, barcha turnirlar doirasidagi 9 o‘yinlik g‘alabasiz seriyasiga chek qo‘ydi.
"Lill" (53) esa safarda "Tuluza"ga (37, 10-o‘rin) javobsiz 4 ta gol urib, 3-pog‘onaga ko‘tarildi.
Liga 1. 29-tur. 12 aprel
Lion — Loryan 2:0
Gollar: Yaremchuk (49), Tolisso (56).
Tuluza — Lill 0:4
Gollar: Myo‘ne (23), Perro (50), Fenandes-Pardo (55), Jiru (88, penalti).
Chetlatish: Makenzi (48, Tuluza).
Nitsa — Gavr 1:1
Gollar: Abdi (59) — Samata (41).