Frantsiya chempionatining 26-turidan o'rin olgan bir qancha o'yinlar bo'lib o'tdi.
«Lill» (44) safarda «Renn»ni (43, 7-o'rin) mag'lubiyatga uchratib, 5-o'ringa chiqib oldi. «Lion» (47, 4-o'rin) mehmonda «Gavr»ga (27, 14-o'rin), «Strasburg» (37, 8-o'rin) o'z uyida «FK Parij»ga (28, 13-o'rin) gol urolmadi.
Liga 1. 26-tur. 15 mart
Renn — Lill 1:2
Gollar: Lepaul (59) — Fernandes-Pardo (2), Haraldsson (47).
Gavr — Lion 0:0
Strasburg — FK Parij 0:0
Mets — Tuluz 3:4
Gollar: Mbala (30), Kuyao (31), Abuashvili (88) — Donnum (6), Gboho (14, 45+3), Zauer (45+9).