Live
5
O'zbek

Lempard «Chelsi»ga qaytish haqidagi mish-mishlarga javob berdi

Futbol
25 aprel, 05:57
Mutaxassis hozircha «Koventri» bilan ishlashga e’tibor qaratgan.
Lempard «Chelsi»ga qaytish haqidagi mish-mishlarga javob berdi
Foto: goal.com

«Koventri Siti» bosh murabbiyi Frenk Lempard «Chelsi»dagi murabbiylik o‘rni bilan bog‘liq gap-so‘zlarga izoh berdi. Eslatib o‘tamiz, londonliklar Liam Roseniorni iste’foga chiqargach, Lempard nomi asosiy nomzodlar qatorida tilga olinayotgandi.

47 yoshli mutaxassis bu boradagi savollarga javoban hozirgi jamoasiga sodiq ekanini ta’kidladi.

«Men Liam va «Chelsi» haqida gapirishni istamayman. Bu holatlarni yaxshi tushunaman va bosh murabbiylar haqida shoshma-shosharlik bilan fikr bildirish to‘g‘ri emas. Men hozir «Koventri» murabbiyiman, jamoa bilan chempionlikni qo‘lga kiritdik va Premyer-ligaga chiqdik — ayni damda faqat shu haqida o‘ylayapman», — dedi Lempard.

Shuningdek, u «Chelsi» uchun qiyin davr bo‘layotganini ham tan oldi, biroq bu klubning ichki masalasi ekanini qayd etdi.

«Bu futbol, qiyin davrlar bo‘lib turadi. Ammo bu «Chelsi»ning ichki ishi. Hozir mening ishim — «Koventri», — deya qo‘shimcha qildi mutaxassis.

Ma’lumot uchun, Lempard «Koventri» bilan Chempionshipda g‘olib chiqib, jamoani 25 yillik tanaffusdan so‘ng yana Premyer-ligaga olib chiqdi. Uning klub bilan shartnomasi 2027 yilgacha amal qiladi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Chelsi Chelsi
  • Koventri Siti Koventri Siti
Bugungi yangiliklar