Ispaniya chempionatining 30-turidan o'rin olgan yana ikki o'yin bo'lib o'tdi.
"Sevilya" (31, 17-o'rin) so'nggi o'rindagi "Real Oviedo"ga (24, 20-o'rin) minimal hisobda mag'lub bo'lib, vaziyatini yanada murakkablashtirdi. Andalusiya klubini "xavfli hudud"dan atigi 2 ochko ajratib turibdi.
"Osasuna" (38, 9-o'rin) "Alaves" (32, 15-o'rin) maydonida ikki bor hisobda oldinga chiqib olganiga qaramay, g'alabani boy berdi.
La Liga. 30-tur. 5 aprel
Real Oviedo — Sevilya 1:0
Gol: Vinas (32).
Chetlatish: Kuassi (38, Sevilya).
Alaves — Osasuna 2:2
Gollar: Martinez (44), Boye (90+1, penalti) — Roze (4), Budimir (80, penalti).