Chempionship yakunlariga ko‘ra APLga yo‘l olgan «Koventri» yozgi transfer oynasida tarkibini kuchaytirishni rejalamoqda.
La Gazzetta dello Sport xabariga ko‘ra, Frenk Lempard boshqaruvidagi klub «Yuventus»da ijara asosida to‘p tepayotgan Belgiya milliy jamoasi hujumchisi Loa Opendaga qiziqish bildirmoqda.
Qayd etilishicha, «Koventri» vakillari allaqachon futbolchi bilan bog‘lanib, uning Turindagi vaziyatini o‘rganishga kirishgan. Ingliz klubi futbolchini ijaraga olish va keyinchalik sotib olish opsiyasi yoki majburiy sharti bilan kelishuv tuzishi mumkin.
Manbaga ko‘ra, Lempard Opendaning o‘yinini yuqori baholaydi va uni jamoaga olib kelishni istamoqda.
Ma’lumot uchun, 26 yoshli hujumchi ushbu mavsumda «Yuventus» safida barcha turnirlarda 34 ta bahsda maydonga tushib, 2 ta gol urgan. Turin klubi uni o‘tgan yozda «RB Leyptsig»dan 42,75 million yevroga sotib olish majburiyati bilan ijaraga olgan edi.