«Bavariya» bosh murabbiyi Vensan Kompani Chempionlar ligasi yarimfinali doirasida «PSJ»ga qarshi javob bahsi oldidan fikr bildirdi.
«Bu har doim jamoalarga bog‘liq. Agar ulardan biri orqaga chekinib, ko‘proq himoyalansa, o‘yinda sokinroq pallalar bo‘lishi mumkin. Ammo bu bosqichga olib kelgan uslubdan voz kechishlarini tasavvur qilish qiyin. Biz o‘z maydonimizda o‘ynaymiz, g‘alaba qozonishni istaymiz va buning uchun hamma narsani qilamiz», — dedi Kompani Bayern & Germany sahifasiga.
Mutaxassisning ta’kidlashicha, jamoaning asosiy vazifasi — har bir bahsda g‘alaba qozonish.
«Bizning vazifamiz — o‘yinlarda g‘alaba qozonish. Bunga yordam beradigan g‘oyalarimiz bor. Biz ham, «PSJ» ham ko‘plab g‘alabalarni qo‘lga kiritganmiz. Oxir-oqibat, g‘alaba uchun raqibdan bitta gol ko‘p urish kerak. Agar buni gol o‘tkazmasdan amalga oshirsangiz, bu eng yaxshi natija bo‘ladi», — dedi mutaxassis.
Ma’lumot uchun, dastlabki bellashuv Parijda bo‘lib o‘tgan va unda «PSJ» 5:4 hisobida g‘alaba qozongandi. Javob o‘yini 6 may kuni Myunxenda o‘tkaziladi.