Live
1
O'zbek

Jorje Jezush Saudiya Arabistonida mavsumning eng yaxshi murabbiyi deb topildi

Futbol
23 may, 07:20
Xulian Kinyones to‘purar, Eduar Mendi esa eng yaxshi darvozabon bo‘ldi.
Jorje Jezush Saudiya Arabistonida mavsumning eng yaxshi murabbiyi deb topildi
Foto: Getty Images

«An Nasr» ustozi Jorje Jezush Saudiya Arabistoni chempionatining 2025/26-yilgi mavsumidagi eng yaxshi murabbiy deb topildi.

Portugaliyalik mutaxassis qo‘l ostida Ar-Riyod klubi 2019-yildan beri ilk bor mamlakat chempioniga aylandi. «An Nasr» mavsum davomida eng ko‘p g‘alaba (28) qayd etdi, ketma-ket 16 ta bahsda zafar quchdi hamda 91 ta gol bilan eng sermahsul jamoaga aylandi.

Shuningdek, jamoa «Al Ahli» bilan birgalikda eng ko‘p «quruq» o‘yin o‘tkazgan klub sifatida qayd etildi — 17 ta.

Chempionatning eng yaxshi to‘purari sovrini «Al Qodisiya» hujumchisi Xulian Kinyonesga nasib etdi. U mavsum davomida 33 ta gol urib, «Al Ahli» forvardi Ayven Tounidan bir golga o‘zib ketdi.

Avvalgi ikki mavsumda «Oltin butsa»ni qo‘lga kiritgan Krishtianu Ronaldu bu safar 28 ta gol bilan cheklangan.

«Oltin qo‘lqop» sovrini esa «Al Ahli» darvozaboni Eduar Mendiga topshirildi. Senegal futbolchisi «Al Hilol» posboni Yassin Bunuga teng miqdorda — 14 ta «quruq» o‘yin qayd etgan bo‘lsa-da, kamroq gol o‘tkazib yuborgani sabab sovrinni qo‘lga kiritdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Al Nassr Al Nassr
  • Al-Ahli Jidda Al-Ahli Jidda
  • Al-Hilal Al-Hilal
  • Al Qodasiya Al Qodasiya
  • Saudiya Arabistoni Pro-ligasi Saudiya Arabistoni Pro-ligasi
Bugungi yangiliklar