Live
2
O'zbek

Trinkau – «Al Ahli» futbolchisi

Futbol
18 iyul, 12:19
26 yoshli futbolchi Jidda klubi bilan 4 yillik shartnoma imzoladi.
Trinkau – «Al Ahli» futbolchisi
Фото: Al Ahly FC

Saudiya Arabistonining «Al Ahli» klubi portugaliyalik yarimhimoyachi Fransishku Trinkau transferini rasmiy e'lon qildi.

Qayd etilishicha, 26 yoshli futbolchi Jidda klubi bilan 4 yillik shartnoma imzoladi. U Lissabonning «Sporting» klubidan kelib qo'shildi.

Avvalroq tarqalgan ma'lumotlarga ko'ra, «Al Ahli» ushbu transfer uchun 45 million yevro to'laydi. Shuningdek, kelishuvda yana 5 million yevrogacha bo'lgan bonuslar ham ko'zda tutilgan.

Trinkau o'tgan mavsumda Portugaliya chempionatida 34 ta uchrashuvda ishtirok etib, 7 ta gol urdi va 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Al-Ahli Jidda Al-Ahli Jidda
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

5+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar