Bugun
18
O'zbek

Joau Gomes «Aston Villa»ga o'tmoqda — Romano

Futbol
16 iyul, 07:13
«Bo'rilar» braziliyalik yarimhimoyachining transferiga rozilik berdi.
Joau Gomes «Aston Villa»ga o'tmoqda — Romano
Foto: Getty Images

«Vulverhempton» yarimhimoyachisi Joau Gomes faoliyatini «Aston Villa»da davom ettiradi.

Insayder Fabritsio Romanoning xabariga ko'ra, tomonlar transfer bo'yicha og'zaki kelishuvga erishgan. Bitim qiymati 40 million yevroni tashkil etadi, shuningdek, yana 5 million yevro bonuslar ko'zda tutilgan.

Qayd etilishicha, «Vulverhempton» 38 million funt sterlinglik taklifni qabul qilgan va futbolchiga tibbiy ko'rikdan o'tish uchun ruxsat bergan. Joau Gomes mashg'ulotlarni tark etib, transferni yakunlash uchun Birmingemga yo'l olgan.

Eslatib o'tamiz, 25 yoshli braziliyalik yarimhimoyachi 2023 yildan buyon «Vulverhempton» safida to'p surib kelayotgan edi. Uning transferi «Aston Villa»ning yozgi transfer oynasidagi eng yirik xaridlaridan biriga aylanishi kutilmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Vulverempton Vulverempton
  • Aston Villa Aston Villa
Bugungi yangiliklar