Bugun
18
O'zbek

Rasman: Manzambi – "Aston Villa" futbolchisi

Futbol
17 iyul, 13:55
Futbolchi klub bilan 2031 yilning yoziga qadar bitim imzoladi.
Rasman: Manzambi – "Aston Villa" futbolchisi
Фото: Aston Villa

"Aston Villa" klubi o'z tarixidagi eng qimmat xaridni rasman amalga oshirdi.

Birmingemliklar "Freiburg" yarimhimoyachisi Yoan Manzambini o'z safiga qo'shib oldi.

Qayd etilishicha, ushbu transfer bonuslar bilan birga taxminan 70 million yevroga baholangan. Futbolchi klub bilan 2031 yilning yoziga qadar bitim imzoladi.

Shu tariqa, Manzambi "Aston Villa" tarixidagi eng qimmat futbolchiga aylandi. Bu boradagi avvalgi rekord 2024 yilda "Everton"dan Amadu Onana uchun to'langan 50 million funt sterlingga tegishli edi.

Shveytsariya milliy jamoasi a'zosi yangi klubida 44-raqam ostida to'p tepadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Aston Villa Aston Villa
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

1 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar