Live
5
O'zbek

«Jenoa» Lorenzo Kolomboni to‘liq sotib oldi

Futbol
21 may, 07:32
Hujumchi klub bilan 2029-yilgacha shartnoma imzoladi.
«Jenoa» Lorenzo Kolomboni to‘liq sotib oldi
Foto: Getty Images

«Jenoa» hujumchi Lorenzo Kolomboning transferini rasman e’lon qildi. Italiyalik futbolchi «Milan»dan to‘liq transfer asosida jamoaga ko‘chib o‘tdi.

24 yoshli forvard Genuya klubida 2025/26-yilgi mavsumni ijara asosida o‘tkazgandi. Football Italia xabariga ko‘ra, «Jenoa»ning A Seriyada jon saqlab qolishi hamda futbolchining chempionatda kamida 5 ta gol urishi majburiy sotib olish bandini faollashtirgan.

Kolombo yangi shartnoma imzolaganidan keyin klubga minnatdorlik bildirdi.

«Men «Jenoa» safida o‘ynashda davom etayotganimdan xursandman. Stadiondagi atmosfera har bir bahsda meni hayratda qoldiradi. O‘n minglab muxlislar uchun ushbu klub nimani anglatishini yaxshi tushunaman», — dedi futbolchi.

Manbaga ko‘ra, transfer summasi 10 million yevroni tashkil qilgan. Kolombo uchun bu «Milan» bilan 16 yillik bog‘liqlikdan keyingi ilk to‘laqonli ketish bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, hujumchi ushbu mavsum A Seriyada 37 ta bahsda 7 ta gol urdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Jenoa Jenoa
  • Milan Milan
Bugungi yangiliklar