Live
1
O'zbek

Ixtiyor Toshpo‘latov: «Guruhdan chiqishni maqsad qilgandik. Bunga yakunda erishdik»

Futbol
26 may, 15:46
«Guliston» sardori «Buxoro»ga qarshi bahsdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.
Ixtiyor Toshpo‘latov: «Guruhdan chiqishni maqsad qilgandik. Bunga yakunda erishdik»
Фото: Гулистон ПФК
26.05.2026 FT Oʻzbekiston Kubogi Gulistan Gulistan 4 : 1 Buxoro Buxoro

O‘zbekiston kubogi 3-turidan o‘rin olgan «Guliston» - «Buxoro» (4:1) o‘yinidan so‘ng mezbonlar sardori Ixtiyor Toshpo‘latov o‘z fikrlarini bildirdi.

«Bu g‘alaba bilan butun sirdaryolik futbol ishqibozlarini tabriklayman. O‘yindan oldin o‘z oldimizga yuqori maqsadlarni qo‘ygandik. Guruhdan keyingi bosqichga chiqishni asosiy vazifa qilgandik.

Mana ko‘rib turibsizlarki, o‘sha qo‘yilgan maqsad va vazifalarga erishdik. Butun jamoa bo‘lib harakat qildik. Bu yerda futbolchi, murabbiylar va jamoamiz tizimida ishlayotgan insonlarning hissasi bor. Bir jamoa bo‘lib harakat qilyapmiz. Bu esa muvaffaqiyatimizga bosh omil bo‘ldi», - deya Toshpo‘latovning so‘zlaridan keltiradi Tribuna.uz muxbiri.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Gulistan Gulistan
  • Buxoro Buxoro
  • Oʻzbekiston Kubogi Oʻzbekiston Kubogi
Bugungi yangiliklar