Oʻzbekiston kubogi 3-turidan oʻrin olgan "Guliston" - "Buxoro" (4:1) oʻyinidan soʻng mezbonlar bosh murabbiyi Abbos Ergashev oʻz fikrlarini bildirdi.
"Sirdaryolik barcha muxlislarni tabriklayman. Klub rahbarlari, viloyatdagi futbolga aloqador insonlarni gʻalaba bilan qutlayman. Oʻyinga kelsak, raqibga mos taktika ishlab chiqqan edik. Oʻylaymanki, bu rejalar hammasi oʻxshadi. Raqib Superliga jamoasi boʻlgani sababli tarkib toʻliq kuchli edi. Biz qarshi hujum taktikasini tanlab uchrashuvda gʻalaba qozondik.
Raqib jamoaning magʻlubiyatiga nima sabab boʻlganini ayta olmayman. Bilganim shuki, biz gʻalaba qozonishni juda istagandik. Bunga erishish uchun oxirigacha harakat qildik va yakunda maqsadga erishdik", — deya Ergashevning soʻzlaridan keltiradi Tribuna.uz muxbiri.