Live
1
O'zbek

Aleksandr Xomyakov: "Guliston" g'alaba qozonishni istadi va bunga erishdi"

Futbol
26 may, 15:16
"Buxoro" ustozining jamoasining yirik hisobdagi mag'lubiyatiga baho berdi.
Aleksandr Xomyakov: "Guliston" g'alaba qozonishni istadi va bunga erishdi"
Фото: Бухоро ПФК
26.05.2026 FT Oʻzbekiston Kubogi Gulistan Gulistan 4 : 1 Buxoro Buxoro

O'zbekiston kubogi 3-turidan o'rin olgan "Guliston" - "Buxoro" (4:1) o'yinidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov o'z fikrlarini bildirdi.

"Bu o'yin haqida qanday fikr bildirishim mumkin? "Guliston" jamoasini munosib g'alaba va keyingi bosqichga chiqqanligi bilan tabriklayman. Raqib g'alaba qozonishni xohladilar va bunga erishdilar.

"Guliston" futbolni liboslardagi familiyalar o'ynamasligini amalda isbotladi. Har bir o'yinda o'zini ko'rsatish qanday bo'lishini ko'rsatib qo'yishdi. Ochig'i, ularning ko'rsatgan o'yinidan faxrlandim. Ularga keyingi bosqichga omad tilayman", — deya Xomyakovning so'zlaridan keltiradi Tribuna.uz muxbiri.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Gulistan Gulistan
  • Buxoro Buxoro
  • Oʻzbekiston Kubogi Oʻzbekiston Kubogi
Bugungi yangiliklar