Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 5-turida «Galatasaroy» o‘z maydonida «Aston Villa»ni 1:0 hisobida mag‘lub etdi. Bahsdan keyin Istanbul klubi bosh murabbiyi Okan Buruk uchrashuv haqida fikr bildirdi.
«Biz juda sifatli jamoa ekanimizni ko‘rsatdik. Futbolchilarim bilan faxrlanaman. Biz Yevropaning eng yuqori darajasida o‘ynayapmiz va bu yerda g‘alaba qozonish oson emas. Maqsadimizga erishish va keyingi bosqichga chiqish uchun astoydil mehnat qilyapmiz», — deya Burukning so‘zlarini UEFA rasmiy sayti keltirdi.
Ma'lumot uchun, «Galatasaroy» ushbu g‘alabadan so‘ng 9 ochko jamg‘arib, Chempionlar ligasi umumiy bosqichi turnir jadvalida 13-o‘rinni egallab turibdi.
Eslatib o'tamiz, «Aston Villa»ga qarshi bahsdagi o‘yini uchun rossiyalik futbolchi Aleksey Batrakov past baho olgan edi.