Live
1
O'zbek

Enrike: «Har qachongidan raqobatbardosh bo‘lishimiz kerak»

Futbol
5 may, 13:07
«PSJ» bosh murabbiyi «Bavariya»ga qarshi yarimfinal javob o‘yini oldidan jamoasidan maksimal daraja kutayotganini aytdi.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
Enrike: «Har qachongidan raqobatbardosh bo‘lishimiz kerak»
Foto: Getty Images
06.05.2026 FT Chempionlar ligasi Bavariya Bavariya 1 : 1 Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain

«PSJ» bosh murabbiyi Luis Enrike Chempionlar ligasi yarimfinali doirasida «Bavariya»ga qarshi javob bahsi oldidan fikr bildirdi.

«Ikkala jamoa ham mavsum davomida, biz esa so‘nggi ikki mavsum davomida qiyin vaziyatlardan chiqib ketish qobiliyatini namoyish etdik. Endi har qachongidan ham ko‘proq raqobatbardosh bo‘lishimiz kerak. Bunday bahslarni ko‘rganimda, Rafael Nadalning Novak Jokovich va Rojer Federerga qarshi o‘yinlari haqida aytganlari yodimga tushadi. U bu qarama-qarshiliklarda o‘sish uchun imkoniyat ko‘rgan», — dedi Enrike matbuot anjumanida.

Mutaxassisning ta’kidlashicha, jamoa nafaqat raqibga, balki stadion muhitiga ham tayyor bo‘lishi lozim.

«Biz ajoyib futbol o‘ynayotgan jamoa va muhitni yengib o‘tishga harakat qilamiz», — dedi u.

Ma’lumot uchun, ushbu jamoalar o‘rtasidagi dastlabki bellashuv Parijda bo‘lib o‘tgan va unda «PSJ» 5:4 hisobida g‘alaba qozongandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Bavariya Bavariya
  • Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain
  • Chempionlar ligasi Chempionlar ligasi
Bugungi yangiliklar