Live
1
O'zbek

Enrike «Alyans Arena»ga qaytish haqida: «Bu biz bu uchun qo‘shimcha motivatsiya»

Futbol
5 may, 13:17
«PSJ» bosh murabbiyi Myunxenga qaytish yoqimli xotiralarni eslatishini aytdi.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
Enrike «Alyans Arena»ga qaytish haqida: «Bu biz bu uchun qo‘shimcha motivatsiya»
Foto: Getty Images
06.05.2026 FT Chempionlar ligasi Bavariya Bavariya 1 : 1 Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain

«PSJ» bosh murabbiyi Luis Enrike «Bavariya»ga qarshi yarimfinal javob bahsi oldidan «Alyans Arena»ga qaytish haqida fikr bildirdi.

«Bizga qo‘shimcha motivatsiya kerak emas, allaqachon 100 foiz tayyormiz. Myunxenga qaytish yoqimli xotiralarni uyg‘otadi, bu har doim zavq bag‘ishlaydi. O‘tgan yilni eslashimiz mumkin, yana oldinroqqa qarasak, «Barselona»da ishlagan paytimda Chempionlar ligasini yutgan yilimiz «Bavariya» bilan yarim finalda o‘ynaganmiz va javob bahsi Myunxenda bo‘lgandi. Keyin finalda g‘alaba qozonganmiz. Bu men uchun yanada katta motivatsiya», — dedi Enrike matbuot anjumanida.

Ma’lumot uchun, «PSJ» va «Bavariya» o‘rtasidagi javob bahsi 6 may kuni Myunxenda bo‘lib o‘tadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Bavariya Bavariya
  • Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain
  • Chempionlar ligasi Chempionlar ligasi
Bugungi yangiliklar