Bugun
215
O'zbek

Endrik «Lion» bilan xayrlashdi. U «Real»ga qaytmoqda

Futbol
17 may, 17:33
Braziliyalik hujumchi Fransiyadagi ijara muddatini yakunladi.
Endrik «Lion» bilan xayrlashdi. U «Real»ga qaytmoqda
Foto: Getty Images
17.05.2026 FT Liga 1 Fransiya Lyon Lyon 0 : 4 Lens Lens

«Lion» hujumchisi Endrik Fransiya chempionatining so‘nggi turida jamoa safidagi oxirgi uchrashuvini o‘tkazdi.

19 yoshli futbolchi «Lans»ga qarshi bahsni asosiy tarkibda boshladi, biroq jamoasini yirik mag‘lubiyatdan qutqara olmadi. «Lion» o‘z maydonida 0:4 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Endrik 71-daqiqada almashtirilayotgan paytda tribunadagi muxlislar bilan xayrlashdi. Uning ijara shartnomasi mavsum yakunida nihoyasiga yetadi.

Braziliyalik futbolchi «Lion» safiga yanvar oyida qo‘shilgandi. U fransuz klubi safida jami 21 uchrashuvda maydonga tushib, 8 ta gol va 8 ta assist qayd etdi.

Endi Endrik yangi mavsumni Madridning «Real» klubida boshlaydi. Futbolchining «qaymoqranglilar» bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilgacha mo‘ljallangan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Lyon Lyon
  • Lens Lens
  • Liga 1 Fransiya Liga 1 Fransiya
Bugungi yangiliklar