Fransiya milliy jamoasi bosh murabbiyi Didie Desham JCH-2026 chorakfinalidan oʻrin olgan Marokashga (2:0) qarshi bahsdan soʻng oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.
«Biz ketma-ket uchinchi marta ketma-ket yarimfinalga chiqdik — bu yaxshi natija. Bu mantiqiy va tabiiydek koʻrinadi, ammo bunga erishish uchun harakat qilish kerak. Qiyin oʻyin boʻldi, penalti...
Mbappe? Unda hech qanday muammo yoʻq. U hech qachon oʻziga ishonchini yoʻqotmaydi.
Kilianning toʻpigʻida kichik jarohat bor edi, biroz ogʻriq his qildi. Manu Kone esa tizzasidan zarba oldi. Bu ajablanarli emas, oʻyinlar juda shiddatli oʻtmoqda.
Fransiyadagi odamlar qanchalik xursand boʻlayotganini tasavvur qilaman, ammo bu yerda biz ma'lum ma'noda oʻz dunyomizda yashayapmiz. Bugun yana bir qadam tashladik, yana toʻrtlikdamiz... Demak, biz hali ham kurashdamiz!» — deya Deshamning soʻzlarini keltiradi RMC Sport.
Desham: "Qatorasiga 3-bor yarimfinaldamiz. Bu tabiiydek koʻrinadi, ammo oson emas"
Futbol
10 iyul, 02:55
Fransiya bosh murabbiyi JCH chorakfinalidagi gʻalabadan soʻng oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.
Foto: Getty Images
09.07.2026
FT
Jahon chempionati (JCH-2026)
Fransiya
2
:
0
Marokash
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi