Germaniya chempionatining 18-turidan o‘rin olgan so‘nggi ikki o‘yin bo‘lib o‘tdi.
"Shtutgart" (33, 4-o‘rin) o‘z uyida Berlinning “Union”ini (24, 9-o‘rin) yenga olmagan bo‘lsa, "Frayburg" (24, 8-o‘rin) "Augsburg"(16, 15-o‘rin) maydonida ikki to‘p farqidagi mag‘lubiyatdan qutulib qoldi.
Bundesliga. 18-tur. 18 yanvar
Shtutgart — Union Berlin 1:1
Gollar: Fyurih (59) — Chong U Yon (83).
Augsburg — Frayburg 2:2
Gollar: Klod-Moris (47), Rejbechay (49) — Suzuki (60), Matanovich (62).
