Germaniya chempionatining 33-turida "Borussiya D" klubi o‘z maydonida "Ayntraxt"ni qabul qildi.
Gollarga boy kechgan bellashuvda mezbonlar 3:2 hisobida g‘alaba qozondi. Girassi, Shlotterbek va Inasio gollarga mualliflik qildi.
Bu g‘alabadan so‘ng "asalarilar" ochkolari sonini 70 taga yetkazib, 2-o‘rinda bormoqda. Frankfurt jamoasi esa 43 ochko bilan 8-pog‘onada.
Bundesliga. 33-tur
Borussiya D – Ayntraxt 3:2
Gollar: Girassi 42, Shlotterbek 45+1, Inasio 72 – Uzun 2, Burkard 87
Borussiya D – Kobel, Rejjiani, Anton, Shlotterbek, Rierson, Zabitser (Ozjan, 78), Bellinghem (Nmecha, 74), Bayer, Brandt (Adeyemi, 74), Inasio, Girassi (Silva, 78).