Braziliya futbol konfederatsiyasi (CBF) rahbariyati Neymarning milliy jamoadagi faoliyatiga bag'ishlangan xayrlashuv uchrashuvini tashkil etish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda. Bu haqda O Globo nashri xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, ushbu tashabbus hozircha rahbariyat tomonidan muhokama qilinmoqda. Qayd etish lozim, Neymar «pentakampeonlar» safidagi debyut o'yinini 2010 yilda o'tkazgan.
Futbolchi milliy jamoa safida barcha musobaqalarda 130 ta uchrashuvda ishtirok etib, 80 ta gol va 59 ta assist qayd etgan. U Braziliya milliy jamoasi tarixidagi eng yaxshi to'purarlardan biri hisoblanadi.
Avvalroq Neymar milliy jamoadagi faoliyatini tugatganini tasdiqlagandi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi