Live
1
O'zbek

«Bavariya» o‘yin paytida hushidan ketgan Musialaning sog‘lig‘i haqida xabar berdi

Futbol
15 avgust, 22:35
Klub sport direktori Maks Eberl futbolchining holati haqida gapirdi.
«Bavariya» o‘yin paytida hushidan ketgan Musialaning sog‘lig‘i haqida xabar berdi
Foto: Gettyimages

«Bavariya» klubi sport direktori Maks Eberl «Leypsig»ga qarshi nazorat o‘yini vaqtida hushini yo‘qotgan jamoa a’zosi Jamal Musialaning holati haqida ma’lumot berdi.

Eslatib o‘tamiz, o‘yin 15-avgust kuni Toshkent vaqti bilan tunda bo‘lib o‘tdi va 3:1 hisobida myunxenliklar g‘alabasi bilan yakunlandi.

«Uning ahvoli yaxshi va hozir eng muhimi shu», — deya Eberl so‘zlaridan iqtibos keltirdi Bild.

Voqea o‘yinning 83‑daqiqasida, 23 yoshli futbolchi gol urganidan ko‘p o‘tmay, yuz berdi. Ismoil Saybari o‘z vaqtida Musialaning ahvoli yomonlashganini sezib qoldi va uni ushlab qoldi — shu sabab Musiala maydonga yiqilib tushgani yo‘q. Tibbiyot xodimlari bir necha daqiqa davomida futbolchiga yordam ko‘rsatishdi. Shundan so‘ng Musiala o‘zi maydonni tark etdi va uning o‘rniga Bara Ndiaye tushdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Bavariya Bavariya
  • Leypsig Leypsig
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

10+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar