Live
1
O'zbek

APLda aprel oyining eng yaxshi futbolchisi uchun nomzodlar e’lon qilindi

Futbol
30 aprel, 07:31
Sakkiz futbolchi sovrin uchun kurash olib boradi.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
APLda aprel oyining eng yaxshi futbolchisi uchun nomzodlar e’lon qilindi
Foto: Getty Images

APL tashkilotchilari aprel oyining eng yaxshi futbolchisi uchun nomzodlar ro‘yxatini e’lon qildi.

Qayd etilishicha, ro‘yxatdan 8 futbolchi joy olgan. «Manchester Siti» va «Vest Hem» klublari ikki nafardan nomzod bilan taqdim etilgan: Niko O’Rayli va Rayan Sherki, shuningdek Jarrod Bouen hamda Konstantinos Mavropanos.

Shuningdek, Morgan Gibbs-Uayt («Nottinghem Forest»), Noa Okafor («Lids»), Paskal Gross («Brayton») va Aleks Skott («Bornmut») ham sovrin uchun da’vogarlar qatoridan joy oldi.

Ma’lumot uchun, ovoz berish dushanbagacha davom etadi, g‘olib esa keyingi hafta e’lon qilinadi.

Eslatib o’tamiz, mart oyining eng yaxshi futbolchisi sovrini Brunu Fernandeshga nasib etgandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Siti Manchester Siti
  • Vest Hem Vest Hem
  • Nottingem F Nottingem F
  • Brayton Brayton
  • Bornmut Bornmut
  • Ko'proq ko'rsatish
Bugungi yangiliklar