«An Nasr» «Liverpul» vingeri Muhammad Salohni o'z safiga qo'shib olish uchun kurashga qo'shilishga tayyor. Bu haqda Saudiya Arabistonining Okaz nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, bosh murabbiy Jorge Jezush mavsum oxirida «qizillar»ni tark etishi kutilgan Saloh transferiga rozilik bildirgan. Muhammadning transferi amalga oshsa, «An Nasr» uni Krishtianu Ronaldu bilan bir jamoada jahon futbolidagi eng shov-shuvli hujum juftliklaridan birini shakllantirishi mumkin.
Biroq bu kelishuv Jezushning o'zigacha ham bog'liq bo'lishi mumkin. Chunki u avval klub bilan yangi shartnoma borasida kelishuvga erishishi kerak.
Avvalroq Salohning APL doirasidagi so'nggi o'yinda maydonga qaytishi mumkinligi ma'lum qilingan edi.