Live
2
O'zbek

Abduqodir Husanov — "Man Siti"da mart oyining eng yaxshi o'yinchisi

Futbol
1 aprel, 12:30
O'zbekistonlik 22 yoshli himoyachi Manchester klubida 3-bor oy laureatiga aylandi.
     Izzatillayev Aʼzamjon
Aʼzamjon Izzatillayev Editor
Abduqodir Husanov — "Man Siti"da mart oyining eng yaxshi o'yinchisi
Foto: Manchester City

"Manchester Siti" rasmiy sayti mart oyi yakunlariga ko'ra jamoaning eng yaxshi futbolchisini e'lon qildi.

Ushbu nominatsiyada O'zbekiston milliy jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov g'olib bo'ldi. 22 yoshli futbolchi ovozlar soniga ko'ra yarimhimoyachilar Rodri va Jeremi Dokuni ortda qoldirdi.

Ma'lumot uchun, Husanov mart oyida "shaharliklar" tarkibida 6 ta bahsda ham maydonga tushib, jamoasi bilan Liga kubogida zafar quchdi.

E'tiborli tomoni, himoyachi Manchester klubidagi faoliyatida uchinchi bor ushbu sovrinni qo'lga kiritdi. U 2025 yil fevral va shu yil yanvar oyida ham jamoasining eng yaxshi o'yinchisi deb topilgandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Siti Manchester Siti
  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Bugungi yangiliklar